O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammo nima?

O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammo nima?

Ishsizlik muammosi O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammodir. Bu haqda Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi ijro apparati rahbari Muzaffar Akromov ma’lum qildi.

“Ishsizlik muammosi O‘zbekiston yoshlarini qiynayotgan eng katta muammodir. O‘zbekistonda taxminan 700 000 yosh ishsiz hisoblanadi.  Bu umumiy O‘zbekiston yoshlarining 14, 9 foizini tashkil etadi”, - dedi Akromov Xalqaro press-klubning navbatdagi press-kofesida.

Uning so‘zlariiga ko‘ra, yoshlarga oid siyosat bilan faqat Yoshlar ittifoqi ishlamaydi. Xamma birlashib, bir yoqadan bosh chiqargan holda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashi lozim.

Shuningdek, Akromov joriy yil 200 milliard mablag‘ Yoshlar ittifoqiga ajratilganini qayd etdi. Ularning 100 milliardi yoshlar uylarini qurishga yo‘naltirilgan. Qolgan mablag‘ning katta miqdori Yoshlar ittifoqining tadbirlarini tashkillashtirishga yo‘naltirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!