Davlat xizmatlari ma’lumotlar bazalarini raqamlashtirishda Koreya bilan hamkorlik qilinadi

Davlat xizmatlari ma’lumotlar bazalarini raqamlashtirishda Koreya bilan hamkorlik qilinadi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov eksport-import bilan shug‘ullanuvchi Koreya Eksimbanki katta ijrochi direktori, Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi Yevroosiyo-O‘rta Sharq bo‘yicha guruh direktori bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda Koreya Eksimbanki bilan hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan «Milliy o‘quv elektron kutubxonasi» loyihasining muvaffaqiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan «Elektron hukumatning ma’lumotlar markazi» loyihasi masalasi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv yakunida kelajakdagi hamkorlik yo‘nalishlariga ham e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!