Germaniyaning Pekindagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Germaniyaning Pekindagi elchisi Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi

Germaniyaning Pekindagi elchisi josuslik mojarosi haqidagi xabarlardan keyin Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi.

Xitoy hukumati diplomatik eskalasiyaga murojaat qilib, Germaniyaning Pekindagi elchisini Tashqi ishlar vazirligiga chaqirdi. Bunga Xitoy fuqarosi Szyan Goning Drezdenda hibsga olinishi sabab bo‘lgan. U Germaniya uchun alternativa partiyasidan Yevroparlament deputati Maksimilian Krachning yordamchisi bo‘lib ishlagan va hozirda Guo Xitoy razvedka xizmatlarida ishlaganlikda ayblanmoqda.

«Germaniyada josuslik qaysi davlatdan bo‘lishidan qat’i nazar, toqat qilmaymiz. Biz konstitusiyaviy vositalar orqali demokratiyamiz va qonun ustuvorligimizni himoya qilamiz. Tergovni Federal Bosh prokuror olib bormoqda. Oxir-oqibat, mustaqil sud ayblovlar bo‘yicha qaror qabul qiladi», — deb yozgan Germaniyaning Pekindagi elchisi Patrisiya Flor.

Nemis elchisining chaqirilgani haqidagi xabar Bundestagda ayg‘oqchilik mojarosi muhokama qilinayotgan paytda paydo bo‘ldi. Yashillar partiyasi hamraisi Omid Nuripur AfD deputatlarini Germaniya manfaatlari yo‘lida ishlamaganlikda aybladi. U, shuningdek, AfD Rossiya, Suriya va Erondan pul oladimi, deb so‘radi.

Muhokamaga ichki ishlar vaziri Nensi Fezer ham taklif qilingan. Uning ta’kidlashicha, «chet el kuchlarining qo‘li Germaniya parlamentiga kirib bormoqda».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!