Tashqi ishlar vazirligi: Anqara Chili parlamentining 1915 yildagi rezolyusiyasini rad etadi

Tashqi ishlar vazirligi: Anqara Chili parlamentining 1915 yildagi rezolyusiyasini rad etadi

Bir kun avval Chili Vakillar palatasi (parlament quyi palatasi) tomonidan Usmonlilar imperiyasida 1915 yildagi voqealarni «genosid» deb tan olgan rezolyusiya haqiqiy emas.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Departamentning ta’kidlashicha, «parlamentlar tarixda sodir bo‘lgan voqealarni sharhlash va ular bo‘yicha hukm chiqarish vakolatiga ega emas».

«Ushbu rezolyusiya, shuningdek, genosid jinoyati faqat vakolatli sud tomonidan ko‘rib chiqilishini nazarda tutuvchi 1948 yilgi Genosid jinoyatining oldini olish va jazolash to‘g‘risidagi BMT konvensiyasiga ham ziddir», — deyiladi bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!