Anchelotti «Oltin to‘p»ni kim olishi haqida gapirdi

Anchelotti «Oltin to‘p»ni kim olishi haqida gapirdi

Karlo Anchelottining fikricha, Vinisius va Jud Bellinghem «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib.

«Real» bosh murabbiyi «Real Sosedad»ga qarshi ertangi o‘yin oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

– «Oltin to‘p»ni Vinisiusga berish kerakmi yoki Bellinghemga?

– Ikkisi ham munosib, - deya Anchelottining so‘zlarini keltirgan As nashri.

Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum La Ligada 22 o‘yinda 13ta gol va 5ta assist qayd etgan bo‘lsa, YECHLda 7 o‘yinda 3ta gol va 4ta assist qayd etgan. Jud hisobida esa La Ligada 25 o‘yinda 17ta gol va 4 assist, YECHLda 8 o‘yinda 4tadan gol va assist mavjud.

Avvalroq, Bellinghem Goal talqiniga ko‘ra, «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogar sanalayotgan, Vini esa reytingda beshlikka kiritilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!