Evroparlament kutilmagan rezolyusiyani qabul qildi

Evroparlament kutilmagan rezolyusiyani qabul qildi

Navalniyning o‘ldirilishida Putin aybdor, Rossiyada va Ukrainaning bosib olingan hududlarida o‘tkazilgan “prezidentlik saylovi” noqonuniy va nodemokratikdir, degan mazmundagi rezolyusiya Yevroparlament tomonidan qabul qilindi

Rossiyada prezidentlik saylovi Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush fonida qo‘rquv va repressiya muhitida o‘tdi. Yevroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlari va xalqaro hamjamiyatni ularning natijalarini tan olmaslikka chaqirdi.

Evroparlament deputatlari Rossiya fuqarolik jamiyati bilan birdamlik, siyosiy mahbuslar, huquq faollari va mustaqil ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlashni so‘ramoqda. Shuningdek, siyosiy ta’qibga uchragan rossiyaliklarga gumanitar vizalar va boshqa turdagi yordamni ko‘rsatishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!