Ukraina va Rossiya ko‘chirilgan bolalarni almashish bo‘yicha kelishib oldi

Ukraina va Rossiya ko‘chirilgan bolalarni almashish bo‘yicha kelishib oldi

Ukraina va Rossiya RFning Ukrainaga hujumi natijasida uy-joyini tashlab ketgan 48 bolani almashishga kelishib oldi. Qatar vositachiligida tuzilgan shartnomada 29 nafar bola Ukrainaga, 19 nafari Rossiya Federasiyasiga olib ketilishi nazarda tutilgan, dedi 24 aprel, chorshanba kuni Dohada Rossiya prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bilan bunday muzokaralar birinchi marta o‘tkazilgan. Uning davomida almashinuvda qatnashadigan bolalar ro‘yxati kelishib olindi. Biroq, ombudsman bu bolalar kim ekani va nima uchun oilasidan ajralganini tushuntirmagan.

Dohada Lvova-Belova Qatar xalqaro hamkorlik vaziri Lolva Al-Xater bilan uchrashdi va u bilan bolalar almashinuvi imkoniyatlarini muhokama qildi. Bundan tashqari, kun tartibiga «gumanitar maqsadlarda hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, bolalarni ota-onalari va boshqa yaqin qarindoshlari bilan birlashtirish masalalari» kiritilgan», deyiladi Bolalar ombudsmani matbuot xizmati xabarida.

Kiyev Rossiyani 19 ming bolani o‘g‘irlaganlikda ayblamoqda


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!