Qirg‘izistonda elektromobil egalari uchun imtiyozlar joriy etildi

Qirg‘izistonda elektromobil egalari uchun imtiyozlar joriy etildi

Qirg‘izistonda elektromobil egalari uchun “Qirg‘iziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi (“Qirg‘iziston Respublikasining “Atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risida”, “Qirg‘iziston Respublikasida yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunlariga) imtiyozlar nazarda tutilgan Qirg‘iziston Respublikasi qonuni imzolandi.

Qabul qilingan qonunda elektr motorli g‘ildirakli avtotransport vositalaridan foydalanishda imtiyozlar berish, elektromobillar uchun quvvat olish infratuzilmasini yaratish, shuningdek, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda elektromobillarga maxsus yashil davlat ro‘yxatidan o‘tkazish belgilarini berish joriy etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq parlamentda qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotganda yengillashtirilgan avtomobil solig‘i, oynalarni qoraytirish uchun chegirma stavkasi, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini kamaytirish, elektromobil egalari uchun to‘xtash joyida chegirma kiritish taklif qilingan edi.

Shuningdek, Qirg‘iziston parlamenti uchinchi o‘qishda “Qirg‘iziston Respublikasida yo‘l harakati to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartishlarni ma’qulladi, unga ko‘ra, elektrosamokatlar va velosipedchilar yo‘l harakati qoidalarini buzganliklari uchun jarimaga tortiladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!