O‘zbekiston Yaponiyaga ham parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston Yaponiyaga ham parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi

O‘zbekiston Yaponiyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatmoqda. Bu koronavirusning tarqalishi bilan bog‘liq, deyiladi “Uzbekistan Airways” aviakompaniya ma’lumotida.

Qayd etilishicha, bu qaror respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilindi. “Uzbekistan Airways”ning Yaponiyaga parvozlari ushbu mamlakatda sanitariya-epidemiologik holat yaxshilanmagunga qadar bekor qilindi. 

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida parvozlarni qisman tiklash 2022 yil bahor-yozgi navigasiya davrida rejalashtirilgan. Shu bilan birga, mamlakatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgandan keyingina muntazam parvozlarni tiklash mo‘ljallangan.

2015 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 500dan ortiq reyslar amalga oshirilgan hamda ushbu davrda o‘z manziliga yetkazilgan yo‘lovchilar soni 72 ming kishidan oshgan. 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasida muntazam aviaqatnov pandemiya sababli to‘xtatildi.

Avvalroq, O‘zbekiston Hindiston va Turkiyaga qatnovlar uchun vaqtinchalik cheklov o‘rnatgani xabar qilingandi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!