O‘zbekiston o‘z tekstil mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish hajmini kengaytiradi

O‘zbekiston o‘z tekstil mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish hajmini kengaytiradi

"O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi binosida 13 sentyabr kuni o‘zbek tekstil mahsulotlarini Belarus Respublikasi bozoriga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

B2B formatida o‘tgan uchrashuvda Belarusning "Bellegprom" konserni vakillari, "Mogoteks", "Svitanak", "BPXO" OAJ, "Kamvol" OAJ, "Lenta" OAJ, "Belkredo" OAJ, "Konte Spa" kompaniyalari hamda O‘zbekistondagi mahalliy korxonalar vakillari qatnashdilar va "O‘ztekstilsanoat" mahsulotlarini Belarusga yetkazib berish masalalarini muhokama qildilar.

Eslatib o‘tamiz, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida mintaqalararo hamkorlikni kengaytirish, xususan, tekstil, oziq-ovqat, hayvon yetishtirish, meva-sabzavotlarni qayta ishlar, farmasevtika sohalarida aniq kelishuvlarga erishilgan edi.

Tashrif davomida, hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida 19ta hujjat imzolangan. Bundan tashqari, 12 sentyabr kuni o‘tkazilgan biznes-forumda umumiy hajmi 230 million dollardan ortiq yangi kontrakt va bitimlar tuzilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!