O‘zbekiston—Qatar. Eng arzon chipta 20 ming, qimmati esa 60 ming so‘m

O‘zbekiston—Qatar. Eng arzon chipta 20 ming, qimmati esa 60 ming so‘m

Kecha, 13 oktyabr sanasida Shimoliy Koreya ustidan g‘alaba qozongan Ektor Kuper boshliq O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasida 16 oktyabr kuni Toshkentda Qatar termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mazkur o‘yin uchun chiptalar bugun, 14 oktyabrdan e’tiboran sotuvga chiqarilgan. Hozir eng arzon chiptaning narxi 20 ming so‘m. Eng qimmat chipta esa CIP sektorlar uchun chiqarilgan bo‘lib uning narxi 60 ming so‘mni tashkil etadi.

Qayd etish joiz, o‘yinga ikki kun qolganda Qatar terma jamoasi ham Toshkentga yetib keldi. Ertaga, 15 oktyabr sanasida soat 11:00 da ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o‘yindan oldin matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Milliy» stadion mezbonlik qiladigan bahs 19:00 da boshlandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!