O‘zbekiston Prezidenti Qoraqalpog‘istonda 2 shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi

O‘zbekiston Prezidenti Qoraqalpog‘istonda 2 shamol elektr stansiyasi qurilishiga start berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shamol elektr stansiyalari va sanoat korxonalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyalari va sanoat korxonalari qurilishi boshlanib, savdo majmualari foydalanishga topshirildi.

So‘nggi yillarda 2 milliard dollarlik investisiyalar hisobidan quvvati 2,6 GVt bo‘lgan 10 ta quyosh va shamol stansiyasi foydalanishga topshirildi. Yil oxiriga qadar tarmoqqa qo‘shimcha 1,5 GVt quvvat ulanadi va «yashil» energiya ulushi 15 foizga yetkaziladi.

Bundan tashqari, umumiy qiymati 19 milliard dollar va 18,6 gigavatt bo‘lgan 32 ta «yashil» loyiha amalga oshiriladi.

Prezident bu sohada, Qoraqalpog‘istonning o‘rni katta ekanini ta’kidladi. Ilmiy-tadqiqot institutlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston 680 GVt quyosh va 120 GVt shamol energiyasi salohiyatiga ega.

Habar qilinishicha 2030 yilgacha Qoraqalpog‘istonda 11 milliard dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiyalar hisobidan umumiy quvvati 10,3 GVt bo‘lgan 10 ta yirik shamol elektr stansiyasini qurish rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar to‘liq ishga tushirilgach, yiliga 35 milliard kilovatt-soat yashil energiya ishlab chiqariladi.

Elektr energiyasini uzatishda barqarorlikni ta’minlash uchun Qo‘ng‘irot, Beruniy va Qorauzyoq tumanlarida umumiy quvvati 400 MVt bo‘lgan uchta elektr saqlash tizimi quriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!