O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

O‘zbekiston milliy jamoasining BAAda o‘tayotgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida yana bir futbolchida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.

Milliy jamoa a’zosi Hojimat Erkinovda Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchi qayta test topshirdi. Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va uning karantindan chiqishiga ruxsat berildi. Shifokorlar ko‘rigidan so‘ng, Erkinov bugundan boshlab yakka tartibda yengil mashg‘ulotlarga kirishgan.

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

«Delegasiyamizning qolgan a’zolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirdilar. Unga ko‘ra, darvozabon Umidjon Ergashevda test natijasi musbat ko‘rsatdi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayni paytda «Nasaf» futbolchisi o‘zini yaxshi his etyapti va koronavirusning alomatlari ko‘zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin o‘tamoqda», - deyiladi O‘FA xabarida.

O‘zbekiston milliy jamoasining yana bir futbolchisi koronavirus yuqtirib oldi

Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanes ham koronavirus yuqtirib olgani sababli Dubaydagi yig‘inga hali yetib kela olmagani haqida xabar berilgandi. Milliy jamoasining 21 yanvar kungi sparring raqibi hali emas ma’lum emas. 1 fevralda esa Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!