O‘zbekiston “Mayya deklarasiyasiga” qo‘shildi

O‘zbekiston “Mayya deklarasiyasiga” qo‘shildi

O‘zbekiston Markaziy banki delegasiyasi 11-13 sentyabr kunlari Ruandaning Kigali shahrida bo‘lib o‘tgan Moliyaviy ommaboplik alyansining 4-umumiy yig‘ilishi va global siyosiy forumida ishtirok etdi.

“Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki delegasiyasi Mayya deklarasiyasini qabul qilganligi to‘g‘risidagi bayonotni e’lon qildi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Mayya deklarasiyasini qabul qilgan 78-tashkilot bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.  

Mayya deklarasiyasi – 2011 yilda Meksikaning Rivyera Mayya shahrida qabul qilingan bo‘lib, uning asosiy maqsadi aholi orasida - MOA a’zolari tomonidan moliyaviy ommaboplik siyosatini rivojlantirish, ommaboplikni oshirish, moliyaviy xizmatlar sifati va qo‘lamini kengaytirish bo‘yicha mas’uliyatni olish hisoblanadi.

Moliyaviy ommaboplik alyansi (MOA) tomonidan o‘tkazilgan Global siyosiy forumda 90 dan ortiq mamlakatlarning 100 dan ortiq a’zo tashkilotlari ishtirok etdi. Ushbu forum a’zo tashkilotlar o‘rtasida tajriba, bilim va tashabbuslar almashinuvi uchun muhim platforma hisoblanadi.

MOAning to‘rtinchi yillik umumiy yig‘ilishida “Aholining alohida guruhlari uchun moliyaviy integrasiyani jadallashtirish” Kigali bitimi, elektron pullar sohasidagi moliyaviy siyosat modeli va moliyaviy ommaboplikning asosiy ko‘rsatkichlari to‘plami bo‘yicha modellar ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!