O‘zbekiston futzal terma jamoasi chorak finalda kim bilan o‘ynaydi?

A A A
O‘zbekiston futzal terma jamoasi chorak finalda kim bilan o‘ynaydi?

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailandda futzal bo‘yicha Osiyo kubogi bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Xose Venansio Lopes boshchiligidagi vakillarimiz guruh uchrashuvlarini 100 foizlik natija bilan yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.

Terma jamoamizga chorak finalda Vyetnam terma jamoasi raqiblik qiladi. Agar "oq bo‘rilar" bu bosqichda muvaffaqiyatli o‘tsa, yarim finalda Eron bilan to‘qnash kelishimiz mumkin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Vyetnam termalari o‘rtasidagi o‘yin 24 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!