O‘zbekiston fuqarosi guruh bo‘lib zo‘rlashda ayblanmoqda

O‘zbekiston fuqarosi guruh bo‘lib zo‘rlashda ayblanmoqda

 Rossiyada guruh bo‘lib zo‘rlashda gumonlanayotgan 4 kishi ushlangan. Ularning orasida O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi ham bor.

Voqea 23 avgustdan 24 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. 4 erkak kechasi soat 11 dan ertalab soat 8 gacha bir ayolni zo‘rlagan, urgan. 26 avgustda esa ularning 3 nafari ushlangandi.

To‘rtinchi gumondor qalbaki hujjat tufayli 4 dekabr kuni qo‘lga tushgan. Ularning har biriga 10 yildan qamoq jazosi tayinlanishi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!