O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘izistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi Qirg‘izistonda xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda

10 oktyabr Qirg‘izistondagi Qirg‘iz-Turk Manas Universitetining Ilohiyot fakultetida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. “O‘rta Osiyo olimlarining Islom madaniyatiga qo‘shgan hissasi” nomli konferensiyani Qirg‘iz-Turk Manas Universitetining rektori ochib berdi va mehmonlar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Ilmiy anjumanda o‘zbekistonlik vakillar ham qatnashmoqda. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazidan qatnashayotgan 3 ilmiy vakil: SH. Umarov, O. Yusupov, O. Muhammadiyev va Imom Termiziy xalqaro markazidan professor J. Mirzayevlar ham ilmiy anjumanda o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Asosiy ma’ruzalar O‘rta Osiyo diyoridan chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy va boshqa allomalar, faqihlar hayotiga bag‘ishlangan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Xalqaro aloqalar bo‘limi

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!