O‘zbekiston armiyasida ilk marta qo‘mondonlarning vakolatlari kengaytirildi

O‘zbekiston armiyasida ilk marta qo‘mondonlarning vakolatlari kengaytirildi

O‘zbekiston armiyasi tarixida birinchi marotaba harbiy unvon berish hamda lavozimga tayinlash bo‘yicha okrug qo‘mondonlarining vakolatlari kengaytirildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati malum qildi.

Mudofaa vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, endilikda qo‘mondonlar kichik serjant, III darajali serjant, II darajali serjant, I darajali serjant harbiy unvonlaridan tashqari, kichik ofiserlar tarkibiga katta leytenant hamda kapitan unvonini berish huquqiga ega bo‘ladi.

Shu bilan birga, qo‘mondonlarga harbiy qism komandirlari o‘rinbosarlari, bo‘linma komandirlari, xizmat boshliqlarini lavozimga tayinlash hamda lavozimdan ozod etish kabi vakolatlar ham berildi.

Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik Aybek Saidov buyrug‘i bilan 27 fevral kuni 3 nafar ofiserga – Samarqand va Jizzax garnizonida xizmat qilayotgan tibbiy xizmat katta leytenanti Xolmuhammad Umarov, katta leytenant Bobur Ro‘ziyev hamda tibbiy xizmat katta leytenanti Dilmurodjon Mirzayevga kapitan unvoni topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilga qadar ofiserlik unvonlari (leytenantdan to polkovnik unvonigacha) Mudofaa vaziri tomonidan berilgan. General unvoni esa Prezident tomonidan topshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!