O‘zbekiston aholini emlash uchun “Sputnik Layt”dan foydalanishga tayyor

O‘zbekiston aholini emlash uchun “Sputnik Layt”dan foydalanishga tayyor

“Sputnik Layt” vaksinasi qulay va foydali, shuning uchun undan respublikada aholini koronavirusga qarshi emlash uchun foydalaniladi. Bu haqda RIA Novostiga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev ma’lum qildi.

“Biz mamlakatda “Sputnik Layt”dan ham foydalanishga tayyormiz, biror to‘siq ko‘rmayapman”, - dedi Yusupaliyev.

U koronavirusga qarshi emlashda bir komponentli vaksinaga o‘tish yaxshiroq ekanini ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!