O‘zbekiston 2021 yilda «Gazprom»dan 1,5 mlrd kub gaz sotib oldi

O‘zbekiston 2021 yilda «Gazprom»dan 1,5 mlrd kub gaz sotib oldi

Bu haqda «Interfaks» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston 2018 yilda «Gazprom»ga 3,8 mlrd kub metr gaz yetkazib bergan. 2019 yilda yetkazib berish hajmini 4,9 mlrd kub metrgacha oshirgan va 2020 yilda uni to‘xtatgandi. 2021 yilning birinchi choragida ham o‘zbek gazi Rossiya konserniga yetkazib berilmagan.

2020 yilda «Gazprom» Turkmaniston gazini O‘zbekistonga yetkazib berishni boshladi. O‘tgan yilda 0,9 mlrd kub metr gaz yetkazib berilgan. Joriy yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 1,5 mlrd kub metrga yetgan.

E’tiborli jihati shundaki, 2021 yilning ilk choragida O‘zbekiston «Gazprom» va Turkmanistondan Xitoyga (0,54 mlrd kub metr) eksport qilganidan ham ko‘proq gaz sotib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!