Uzbekistan Airways Dreamliner samolyoti qayerga g‘oyib bo‘lganini tushuntirib berdi

Uzbekistan Airways Dreamliner samolyoti qayerga g‘oyib bo‘lganini tushuntirib berdi

Uzbekistan Airways milliy kompaniyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotini ekspluatasiya qilishni davom etmoqda. Bu haqda sof.uz nashri yozmoqda.

Bundan avval ayrim OAVlarda MAK samolyotlari buzilganligi tufayli ekspluatasiyadan chiqarilganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Milliy aviakompaniya xalqaro standartlarga javob beradigan parvozlarni amalga oshirishni davom etmoqda. Uzbekistan Airways aviaparki tartibidagi barcha havo kemalari muntazam ravishda rejali texnik ko‘rik va modifikasiyadan o‘tadi. Shu vaqt samolyotlar parvozlardan olinadi. Parvozlarda yuqori xavfsizlik choralarini ta’minlash maqsadida Milliy aviakompaniya bunday proseduralarni yangi havo kemalarga, jumladan Boeing-787 Dreamliner ga ham qo‘llaydi , - deb tushuntirishdi aviakompaniyada.

Avikompaniya hisobida bo‘lgan Boeing-787 Dreamliner samolyotlardan biri rejali ko‘rik va modifikasiyaga yuborildi, yakunidan keyin ikkinchi havo kemasi huddi shu proseduralarga yuborildi.

Yaqin vaqtlarda Uzbekistan Airways Boeing va General Electric vakillari bilan brifing o‘tkazadi. Samolyot va uning dvigatelini ishlab chiqaruvchi kompaniya vakillari barcha savollarga batafsil javob berishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!