O‘zbek-qirg‘iz mojarosida qancha odam jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbek-qirg‘iz mojarosida qancha odam jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

Tabiiy resurslar bo‘yicha nizo tufayli Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida mojaro yuzaga kelgani haqida xabar bergandik.

So‘x chegarasidagi to‘qnashuvlarda 25 kishi jarohat olgani aytilmoqda. Ulardan ikkitasi reanimasiyada.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, yaralanganlarning barchasi Qirg‘iziston fuqarolari.

Oldinroq ushbu mojaroda o‘zbeklardan ham ko‘plab odamlar jarohatlangani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qirg‘izistonlik chegarachilar Tojikistondan chiqarib yuborilgani haqida xabar berilgan edi. Qarama-qarshi tomondagi yer uchastkasiga egalik huquqini shubha ostiga qo‘ygan mahalliy aholi bu nizoni qo‘zg‘ashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!