O‘zbek olimlari qimmatbaho metallar yashirin konlarini topishning noyob usulini yaratganini ma’lum qildi

O‘zbek olimlari qimmatbaho metallar yashirin konlarini topishning noyob usulini yaratganini ma’lum qildi

Shotlandiyaning Glazgo shahrida Mineral konlar amaliy geologiya jamiyati konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbek delegasiyasi ham ishtirok etdi. Bu haqda ‘‘Daryo’ga Innovasiya vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi.

SGAning 15-konferensiyasida 75 davlat vakillari ishtirok etgan. Konferensiyasida O‘zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktor o‘rinbosari Rustam Xolmatov qatnashib, ilk bor O‘zbekiston nomidan ma’ruza qilgan.

Ma’ruzada, Ilg‘or texnologiyalar markazi olimlari tomonidan ishlab chiqilgan qimmatbaho metallar yashirin konlarini qidirish, tiplashtirish va baholashning mineral-geokimyoviy nanotexnologiya usuli haqida ma’lumot berilgan.

Rustam Xolmatovning aytishicha, bugungi kunda sirtki qatlamdagi barcha konlar allaqachon topilgan, endigi maqsad – qimmatbaho metallarning yashirin konlarini topishdan iborat.

Bundan tashqari, Ilg‘or texnologiyalar markazining Geofizika va nanominerologiya laboratoriyasi yetakchi ilmiy xodimi, professor Rustam Koneev poster ma’ruzasi bilan ishtirok etgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, konferensiya so‘ngida o‘zbek olimlari Chexiya Geologiya xizmati bilan qo‘shma tadqiqotlar bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Ma’lumot uchun, Mineral konlar amaliy geologiyasi jamiyati (SGA) — 1965 yili tashkil etilgan bo‘lib, jahoning 1300 dan ortiq ilm-fan va tog‘-kon sanoati vakillari unga a’zo.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!