O‘zbek ayollari Moskvada tug‘ib tashlab ketgan chaqaloqlar yurtimizga olib kelindi (video)

O‘zbek ayollari Moskvada tug‘ib tashlab ketgan chaqaloqlar yurtimizga olib kelindi (video)

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi xodimlari Moskva shahridagi tug‘ruqxonadan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan uch go‘dakni yurtimizga olib keldi. O‘zbekiston 24 kanali lavhasida xabar qilinishicha, ota-onasi chaqaloqlardan tug‘ruqxonaning o‘zida voz kechgan.

Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari tomonidan xorijda bolalaridan voz kechish holatlari uchrab turadi. 2018 yil yakunlariga ko‘ra IIBB voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga ota-onasi voz kechgan 45 nafar bolalar MDH davlatlaridan olib kelingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!