Uyi buzilishga tushgan ayol Qashqadaryo prokuraturasi oldida o‘zini yoqib yubordi

Uyi buzilishga tushgan ayol Qashqadaryo prokuraturasi oldida o‘zini yoqib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Ayol prokuratura oldida o‘zini yoqdi. Uni qutqarmoqchi bo‘lgan otasi kuydi» sarlavhali xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deya «Daryo»ga xabar bergan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.

Ma’lum bo‘lishicha, kuyganligi aytilgan fuqaro O.M. va uning oila a’zolari Koson tumanidagi «T.SH. Invest» MCHJga qarashli yer maydonining bir qismini biron-bir hujjatsiz egallab, noqonuniy qurilish amalga oshirgan.

Da’vogar «T.SH. Invest» MCHJ raisi S.B. javobgar O.M.ni oila a’zolari bilan birgalikda jamiyatga qarashli yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish, noqonuniy qurilmalarni javobgarlar hisobidan buzdirish va tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini yuklash haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilgan.

Fuqaro O.M. va uning oila a’zolari sud tomonidan qonuniy qaror qabul qilinishini kutmasdan ushbu holat bo‘yicha viloyat prokuraturasiga murojaat qilgan. Viloyat prokuraturasi tomonidan O.M.ga ish fuqarolik sudida hal etilayotgani, barcha vajlarga sud muhokamasi jarayonida baho berilishi haqida qonuniy tushuntirishlar berilgan.

Bundan tashqari, 18 fevral, seshanba kuni, O.M. oila a’zolari bilan birga viloyat prokuraturasida Koson tumani hokimi ishtirokida qabul qilinganda qurilishga 20 million so‘m sarflanganligini iddao qilgan. Tuman hokimi tomonidan ularga qurilish noqonuniyligi va buzilishini, ammo kelgusida qonuniy yer uchastkasi ajratilishi va qurilishga homiylik yordami ko‘rsatilishi tushuntirilgan bo‘lsa-da, ular bu taklifni rad etgan.

«Shundan keyin O.M. oila a’zolari bilan birga nizoli maqsadda 19 fevral, chorshanba kuni ertalab fuqarolik ishlari bo‘yicha sudya, ekspert va mutaxassislar tomonidan o‘lchov ishlari amalga oshirilayotganligidan norozi bo‘lib, viloyat prokuraturasiga soat 10:30 larda kelib, ishni o‘z foydasiga hal etish maqsadini ko‘zlab, viloyat prokuraturasi binosi yaqinida ustiga qisman yoqilg‘i sepib, provokasion harakatlar sodir etgan», — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.

RSHTYOIM viloyat filialining 19 fevral kungi ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqaro O.M.ning yelka va bo‘yin sohasida 5-6 foiz yengil kuyish jarohati aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!