“Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin va uning oilasi yashagan uy sotildi

“Uyda yolg‘iz” filmidagi Kevin va uning oilasi yashagan uy sotildi

“Uyda yolg‘iz” komediyasida bosh qahramon Kevin Makkallisterning oilasi yashagan uy o‘z xaridorini topdi. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar berdi.

Chikago chekkasidagi Vinnetka qishlog‘ida joylashgan qariyb 850 metr kvadrat maydonga ega ikki qavatli g‘ishtin uy 5,25 million dollarga baholangan edi.

Xaridor uyni 9 iyunda to‘liq sotib olishga qaror qildi.

Hozircha uy oldi-sotdisi haqidagi shartnoma hujjatlari ommaga e’lon qilinmagan. Shuningdek, bitimning aniq summasi va xaridorning shaxsi oshkor etilmagan.

Ko‘chmas mulk ikkita mehmonxona, beshta yotoqxona va oltita yuvinish xonasidan iborat. Uyning intereri filmdagi xonadondan ancha yiroq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!