“Ukraina bir shart bilan ertagayoq Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi mumkin” — Zelenskiy

“Ukraina bir shart bilan ertagayoq Rossiya bilan muzokaralarni boshlashi mumkin” — Zelenskiy

Agar Moskva hududiy yaxlitligini hurmat qilsa, Ukraina ertagayoq Rossiya bilan muzokaralarni boshlashga tayyor. Bu haqda Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Rossiya bizning hududlarimizni tark etsa, ertagayoq biz bilan muzokara boshlashi mumkin, — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy ikkinchi tinchlik sammitiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan. U, shuningdek, Shveysariyadagi konferensiya yakunlari bo‘yicha qabul qilingan harakat rejasi ikkinchi sammit oldidan Rossiya tomoniga yetkazilishini ta’kidlagan.

Shveysariya prezidenti Viola Amherdga ko‘ra, Ukraina bo‘yicha bo‘lib o‘tgan konferensiyada turli nuqtayi nazarlar mavjudligi aniqlangan.

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Shveysariyada Ukraina bo‘yicha sammit ishtirokchilarini Jorj Oruellning mashhur kitobi qahramonlari bilan solishtirib, konferensiya hududini “qishloq xo‘jaligi hayvonlarini saqlash uchun mo‘ljallangan hovli”ga qiyoslagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!