O‘tin yoqib, gazga pul to‘lasang, alam qilarkan...

O‘tin yoqib, gazga pul to‘lasang, alam qilarkan...

Nukus tumani "Baxanshaqli" ovul fuqarolar yig‘inida yashovchi Gulshat Qonisbayeva xonadonida oxirgi paytlarda gaz bosimi keskin darajada pasayib ketgandi. 

Shu bois u o‘choqqa o‘tin qalab, choy qaynatishdan va ovqat pishirishdan o‘zga iloj topolmadi. Ana shunday bir paytda tuman gaz ta’minoti nazoratchisining xurmacha qilig‘i o‘lganning ustiga tepganday bo‘ldi. Chunki u vaziyatni xolisona baholash, gaz bosimini oshirishda xonadon egalariga ko‘maklashish o‘rniga ularni gaz hisoblagichni g‘araz maqsadda ishdan chiqarganlikda aybladi. O‘zining nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yish uchun hisoblagichni Davlat standart qiyoslovidan o‘tkazishga yuborish, iste’molchidan esa normativ bo‘yicha 162 ming 353 so‘m miqdorida qarz undirish xususida dalolatnoma to‘ldirdi.

Tabiiyki, Gulshat Qonisbayeva bu nohaqlikka chiday olmadi. Bor gapni qog‘ozga tushirib, tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Shu asosda olib borilgan o‘rganishlar jarayonida uning uyidagi gaz quvurida bosim deyarli yo‘qligi, hisoblagich esa maromida ishlashi, oila a’zolari o‘tin yoqib kun kechirishayotgani tasdiqlandi. Arizachining da’volari o‘rinli deb topilib, nazoratchi tuzgan dalolatnoma bekor qilindi.​​

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!