3 oyda 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

3 oyda 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 219,8 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 375,3 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

✅ Bu ko‘rsatgich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 72,5 % ga yoki 157,7 ming tonnaga ko‘paygan.

✅ Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Pokiston (26,2 %), Rossiya (25,1 %), Qozog‘iston (10,5 %) va Xitoy (9,2 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

✅ 2024 yilning yanvar-mart oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,4 % ini tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!