Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya armiyasiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiya armiyasiga qo‘shilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

Joriy yilning 24 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi JIB Amaduryo tumani sudida sudlanuvchi X.X.ga (ismi o‘zgartirilgan, erkak) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sudlanuvchi X.X. 2023 yilning dekabr oyida Moskva shahriga ishchi bo‘lib ishlash maqsadida chiqib ketib, u yerda mehnat migranti sifatida turli qurilish ob’ektlarida ishlab kelib, joriy yil 5 fevral kuni boshida 195 000 rubl, keyinchalik har oy 240 000 rubl miqdorida oylik maosh evaziga Rossiya tarafini olib, Ukraina davlatiga qarshi harbiy harakatlarda qatnashish uchun RF Mudofaa Vazirligi Moskva shahar bo‘limi bilan shartnoma tuzgan.

Shundan so‘ng, X.X. va dastlabki tergovda shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan mehnat migrantlari bilan birgalikda Moskva viloyatida joylashgan RF Mudofaa Vazirligiga qarashli "Avangard" nomli harbiy lagerida harbiy o‘quv-mashg‘ulotlarda qatnashib, jangovar tayyorgarlikdan o‘tish va harbiy ko‘nikmalarni shakllantirish uchun olib kelinib, X.X.ga "oddiy askar" maxsus harbiy unvoni berilib, "o‘qchi" lavozimi tayinlangan. U harbiy lagerda maxsus harbiy jangovar tayyorgarlikdan o‘tgan.

X.X. joriy yil 9 fevral kuni harbiy lagerdan qochib, RFdan O‘zbekistonga "Moskva-Urganch" aviareysi orqali uchib, o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi doimiy yashash manziliga qaytib kelgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi X.X. JKning 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga shu modda bilan JKning 57-moddasini qo‘llagan holda 3 yilga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi. Jazoni o‘tash manzili etib uning doimiy yashash joyi belgilandi. Sudlanuvchi X.X. yashash joyidan soat 21:00 dan 06:00 ga qadar chiqib ketishi cheklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!