Xodimlarini "open byudjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?

Xodimlarini "open byudjet"ga ovoz yig‘ishga majburlagan mansabdorlarga qanday chora ko‘riladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-117-son qarori 6-bandiga asosan, tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari doirasida byudjet tashkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yig‘ish bo‘yicha xodimlarga topshiriq berishlari taqiqlanadi. Bu majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanadi.

Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan majburiy mehnat taqiqlangan. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga muvofiq mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shu harakat takroran yoki voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilsa, Jinoyat kodeksining 148²-moddasiga asosan javobgarlikka tortiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!