Ukraina sharqidagi Pokrovsk shahridan tinch aholi qochib ketmoqda

Ukraina sharqidagi Pokrovsk shahridan tinch aholi qochib ketmoqda

Ukraina hukumati Rossiya armiyasi shaharga tobora yaqinlashayotgani sababli sharqiy Pokrovsk shahrini evakuasiya qilish haqida buyruq berdi.

Ba’zi aholi allaqachon qochib ketgan, ammo seshanba kuni ertalabgacha 53 000 ga yaqin odam u yerda istiqomat qilayotgani qayd etilgan.

Ko‘ngillilar yordam olgan shahar keksalari qatorida kichkina bolalari va qo‘llarida og‘ir chamadonlar bo‘lgan ota-onalarni ham ko‘rish mumkin edi.

Pokrovsk Ukrainaning asosiy mudofaa tayanchlaridan biri va Donetsk viloyatidagi asosiy logistika markazidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!