Ukraina gaz tranziti uchun xavfsiz mamlakat emas

Ukraina gaz tranziti uchun xavfsiz mamlakat emas

Bu haqda Federasiya Kengashining konstitusiyaviy qonunchilik bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Andrey Klishas Telegram’dagi kanalida ma’lum qildi.

"Neonasistlar rejimi rahbari Zelenskiy e’lon qilgan Ukrainadagi Rossiya mulki musodara qilinganidan so‘ng, bu mamlakat endi hech qanday tovarlar, jumladan, Rossiya energetikasi tranziti uchun xavfsiz deb hisoblanishi mumkin emas", deb tushuntirdi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Ukrainada Rossiya va uning rezidentlari mulkini “majburiy tortib olish” to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Uning aytishicha, allaqachon 765 million dollarga yaqin aktivlar hibsga olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!