AQShga Tojikistonga qarshi sanksiyalar joriy etish taklif qilingan

AQShga Tojikistonga qarshi sanksiyalar joriy etish taklif qilingan

AQSh Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi (USCIRF) rasmiy Vashingtonga diniy e’tiqod erkinligi tamoyillarini buzgani uchun Tojikiston davlat idoralari va ayrim fuqarolariga nisbatan sanksiyalar qo‘llashni tavsiya qildi.

Tojikiston hukumati bu tavsiyalarni izohlamaydi va mamlakatda diniy erkinliklar saqlanib qolgan, deb hisoblaydi.

Hisobotda komissiya rasmiylari ekstremizmga qarshi kurash bahonasida diniy erkinlikni cheklayotgani, qurolli kuchlarga safarbarlik rejasini amalga oshirmagani uchun masjidlarni yopib qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Komissiya mamlakatni Birma, Xitoy, Kuba, Nikaragua, Shimoliy Koreya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Vetnam va boshqa ba’zi davlatlarni o‘z ichiga olgan diniy erkinlikni buzuvchilarning “qizil” ro‘yxatiga kiritishni taklif qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!