To‘rt narsa to‘rt narsa ichiga berkitilgandir

To‘rt narsa to‘rt narsa ichiga berkitilgandir

Bir ulug‘ Zot aytadilar: Alloh taolo to‘rt narsani to‘rt narsaga berkitib qo‘ygan.

O‘zining roziligini itoatga berkitib qo‘ygan. Shuning uchun sizlardan biror kimsa biror itoatni past sanamasin. Oddiy sanalgan yaxshiliklarda Allohning roziligi bo‘ladi.

Alloh taolo O‘zining g‘azabini itoatsizlikga berkitib qo‘ygan. Shuning uchun sizlardan biror kimsa biror ma’siyat (gunoh)ni  yengil sanamasin. Oddiy deb o‘ylangan gunohlarda Allohning g‘azabi bo‘ladi.

Alloh taolo O‘zining valiysini xaloyiqi ichiga berkitib qo‘ygan. Shuning uchun sizlardan biror kimsa birortani haqir sanamasin. Chunki, xech kim e’tibor qilmaydigan juda ko‘p odamlar borki, ular Allohning valiylari bo‘ladilar.

Alloh taolo maqbul bo‘lishni duolar ichiga berkitib qo‘ygan. Shuning uchun sizlardan biror kimsa biror vaqtda, biror joyda, biror duoni oddiy sanamasin.

Abdulqayyum Komil tarjimasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!