Turkiyaning lazzatli ta’mlari o‘zigagina xos xususiyatlari bilan dunyoga ochilmoqda

Turkiyaning lazzatli ta’mlari o‘zigagina xos xususiyatlari bilan dunyoga ochilmoqda

Onado‘luning minglarcha yil avvaliga borib taqaluvchi boy tarixidan kuch olgan turk taomlari sog‘lom, kreativ ekani va barqaror tarkibi bilan oldinga chiqmoqda. Saljuqiylar va Usmoniylar saroylarida, son-sanoqsiz tamaddun bilan ta’sirlashib shakllangan turk lazzatlari boy madaniy yig‘indini hozirgi kunimizga keltirmoqda. Mahsulotlarning har bir parchasi ishlatilib, isrof qilmay pishirilgan taomlar bilan yasatilgan dasturxonlar, ekologik jihatdan ham barqaror bo‘lmish lazzat taomilini namoyish etadi. Vegetarian va vegancha ovqatlanadiganlarga cheksiz tanlov taqdim etadigan, tuzlama va sirkalari bilan shifobaxsh bo‘lmish turk oshxonasi bir vaqtning o‘zida barcha yeyish-ichish trendlariga javob bera oladigan salohiyatga ega dunyo oshxonasi mavqeidadir.

Turkiyaning barakatli mintaqasi va iqlim turfa-xilligi taqdim etadigan boy flora va fauna turk oshxonasining shakllanishida muhim rol o‘ynagan unsurlar orasidan o‘rin oladi. Turk taomlari serhosil yerlarda, sifatli urug‘lardan yetishgan mahalliy mahsulotlar va boy tabiatning mahsuli bo‘lmish anvoyi xil sabzavot va mevalardan tayyorlanadi. Turk oshxonasi madaniyati taom bilan sog‘liqni bevosita aloqador deb biladi hamda zaytun yog‘ida tayyorlangan taomlarni dasturxondan kanda qilmaydi.

Ushbu boy oshxona har bittasi asrlardan oshgan ma’lumotlar yig‘indisining aksi bo‘lmish tillarga doston ta’mlarni taqdim etar ekan, bir paytning o‘zida an’analarni va bu sohadagi madaniyatni kelajak avlodga yetkazadi.

21-maydan 27-maygacha butun dunyodagi Turkiya Elchixonalari va yurtimizda nishonlanadigan “Turk oshxonasi haftaligi” orqali ushbu qadim oshxonaning hikoyasi butun qamrovi bilan xalqaro miqyosda targ‘ib etiladi. Shu tufayli tayyorlanish reseptlari hamrohligida turk oshxonasini kelajakka o‘z izini tashlovchi yondoshuvi, sifatli mahsulotlari, chiqindisiz ekani, barqarorligi, jahon oziqlanish trendlariga mosligi va minglab yildan oshgan madaniyati yanada kengroq ommaga tanilmoqda.

Turkiya Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasi ham 27.05.2022 y., juma kuni soat 17:00 da Elchixonada tashkillashtiriladigan tadbir orqali turk oshxonasining chuqur tarixini O‘zbekistondagi qardoshlarimiz kun tartibiga taqdim etishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!