Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy halok bo‘ldi

Turkiyada vertolyot qulashi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy halok bo‘ldi

 

Ma’lumot berilishicha, halokat natijasida to‘rt nafar harbiy jarohatlangan.

Turkiya sharqida vertolyot qulab tushishi oqibatida to‘qqiz nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda Ihlas agentligi xabar bermoqda.

 "Quruqlikdagi qo‘shinlarimizga qarashli Cougar vertolyoti soat 13:55da Bingo‘ldan Tatvanga yo‘l olgan. Soat 14:25da u bilan aloqa uzilgan. To‘qqiz nafar harbiy halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari jarohatlangan", - deyiladi Turkiya milliy mudofaa vazirligi xabarida.

Agentlikning ma’lumot berishicha, hodisa joyiga harbiylar, tez yordam va qutqaruvchilar guruhi jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!