Turkiyada qamoqdan qochgan erkak 11 kishini pichoqladi

Turkiyada qamoqdan qochgan erkak 11 kishini pichoqladi

Istanbulning Kadiko‘y tumanida qamoqdan qochgan mahbus pichoq bilan ko‘chadagi odamlarga hujum qildi. Hodisa oqibatida 11 kishi yaralandi. 

Ma’lumotga ko‘ra, jinoyatchining ismi Ali Kardash. Tumandagi go‘sht do‘koni yaqinida mahbus bir ayolga hujum qilgan va uni to‘xtatishga uringan barchani yaralagan.

Ayni damda erkak qo‘lga olingan, yaralanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ikki kishi kuchli jarohat olgani aytilmoqda.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!