Turkiya Ummonga masjid hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Turkiya Ummonga masjid hujumi munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Turkiya bugun (16 iyul) Ummon poytaxti Maskat shahridagi masjidga uyushtirilgan qurolli hujumda 6 kishining halok bo‘lishi va ko‘plab insonlarning jarohatlanishidan chuqur qayg‘uda. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

«Xujum oqibatida halok bo‘lganlar uchun Ollohdan rahmat so‘raymiz, qayg‘urgan oilalar va birodar Ummon xalqiga hamdardlik bildiramiz hamda yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz», — deyiladi TIV bayonotida.

✍️ Eslatib o‘tamiz, Maskatdagi masjid yaqinida sodir bo‘lgan otishmada kamida olti kishi, jumladan bir polisiyachi halok bo‘lgan edi. Hujum qilganlar o‘ldirilgan, dedi Sultonlik polisiyasi.

«Hodisa besh fuqaro, bir polisiyachi va uch jinoyatchini o‘ldirdi, turli millatga mansub 28 kishi jarohat oldi», — deyiladi Ummon polisiyasi X platformasida e’lon qilingan bayonotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!