Turkiya G‘arb uchun Sharqdan yuz o‘girmaydi — Erdo‘g‘an

Turkiya G‘arb uchun Sharqdan yuz o‘girmaydi — Erdo‘g‘an

“Turkiya o‘zining geografik, insoniy, iqtisodiy va tarixiy aloqalari tufayli bir blokka sig‘dirib bo‘lmaydigan davlatdir, G‘arb dunyosi bilan aloqalarni yaxshilash biz uchun qanchalik muhim bo‘lsa, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ham birdek muhim. Biz hech kimning bizni tor chegaralar ichiga kiritishiga yo‘l qo‘ymaymiz, biz G‘arb uchun Sharqdan yuz o‘girmaymiz va Sharq uchun G‘arbni e’tiborsiz qoldirmaymiz", - dedi Erdo‘g‘an vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng xalqqa murojaatida.

Shuningdek, Turkiya prezidenti, Anqara so‘nggi 22 yil davomida, oldin Turkiyaga murosasiz bo‘lgan ko‘plab davlatlar bilan, o‘zaro yaxshi munosabatlarni o‘rnata olganini ham qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!