Tramp: "Men prezident bo‘lganimda Xitoy sharlari hech qanday shaklda yoki ko‘rinishda AQSh ustidan uchmagan"

Tramp: "Men prezident bo‘lganimda Xitoy sharlari hech qanday shaklda yoki ko‘rinishda AQSh ustidan uchmagan"

Donald Trampning ta’kidlashicha, uning prezidentlik vaqtida Xitoy sharlari AQSh ustidan uchib o‘tmagan.

"Men prezident bo‘lganimda Xitoy sharlari hech qanday shaklda yoki ko‘rinishda AQSh ustidan uchmagan. Agar shunday bo‘lganida, biz ularni darhol urib tushirgan bo‘lardik", deb yozdi u o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

"Xuddi Rossiya bilan bog‘liq da’volar kabi, bularning barchasi demokratik dezinformasiya va yolg‘on", — deya qo‘shimcha qildi u.

Avvalroq Bloomberg agentligi manbalarga tayanib, Tramp ma’muriyati davrida AQSh hududi uzra kamida uch marta Xitoy sharlari qayd etilgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!