Toshkentdagi yong‘inda erkak tiriklayin yonib ketdi

Toshkentdagi yong‘inda erkak tiriklayin yonib ketdi

15 may kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Hodisa natijasida bir kishi vafot etgan.

Yong‘in Zaki Validi ko‘chasida joylashgan 34-uyda sodir bo‘lgan. Yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etildi, deyiladi davlat yong‘in xavfsizligi xizmati xabarida.

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi 1959 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N.ning kuygan holdagi jasadi topilgan. Yong‘in oqibatida uyning 25 kv.metr maydonda ichki qismi va jihozlari yonib zararlangan.

Yong‘inning taxminiy kelib chiqish sababi mast holda sigareta chekib uxlab qolishi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!