Toshkentda qizlar kuch ishlatgan holda IIBga olib ketildi. Nega?

Toshkentda qizlar kuch ishlatgan holda IIBga olib ketildi. Nega?

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar qizning ushlanishi bilan bog‘liq videotasvir tarqaldi. Toshkent shahar IIBB bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

"2020 yilning 3 avgust kuni taxminan soat 12:30 larda PPX brigadasi 3 batalyon 5 otryad xodimlari safdorlar B.Mirzaxakimov va A.Xudoyberdiyevlar Yunusobod tumani Abdulla Qodiriy va Sharof Rashidov ko‘chalarining kesishmasidagi chorrahada xizmat olib borayotgan vaqtida, chorrahada ikki nafar qizlar tilanchilik qilayotganligini aniqlashgan. Ushbu qizlar o‘zining xatta-harakatlari bilan yo‘lning serqatnov qismida avariyaviy holatni yuzaga keltirib, transport vositalari haydovchilariga xalaqit berishgan.

Qizlar o‘rnatilgan qonun qoidalarni buzayotganligi tushuntirilib, ularga yaqin oradagi Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIBga borishlari so‘ralgan. Biroq 18 yoshli Sarvinoz E. va  19 yoshli Shaxzoda A. xodimlarga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilishgan va atrofdagi odamlarning diqqatini tortish maqsadida shovqin ko‘tarishgan. Natijada xodimlar qo‘shimcha kuchlarni chaqirib, ushbu qizlarni IIBga olib kelishgan.

Profilaktika inspektori K.Djurayev ushbu fuqarolar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib borib, tilanchilik qilganlik uchun javobgarlik belgilanganligini ma’lum qilgan. Ular tomonidan bu holat birinchi marotaba sodir etilayotganligi sababli qizlarga ogohlantirish berilgan".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!