Toshkentda harakatlanib ketayotgan Nexia-1 yonib ketdi

Toshkentda harakatlanib ketayotgan Nexia-1 yonib ketdi

Bugun, 28 yanvar kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanida Nexia-1 avtomobili yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar YHXBB ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 14:30 larda Bektemir tumanining TXAY ko‘chasida joylashgan “Qo‘yliq universal savdo majmuasi” avtoturargohi ro‘parasida yuz bergan. 1964 yilda tug‘ilgan M.M. Nexia-1 rusumli avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida transport vositasining motor qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in FVB xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

YHXBB haydovchilardan transport vositalarining texnik holatini o‘z vaqtida ko‘rikdan o‘tkazishlarini hamda belgilangan qoidalarga rioya qilishlarini so‘ragan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!