Toshkentda Cobalt haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi

Toshkentda Cobalt haydovchisi 18 yoshli qizni urib yubordi

19 iyun kuni taxminan soat 10:00 da Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani Yuzrabot ko‘chasida Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Cobalt rusumli avtomobilda harakatlanib borgan 31 yoshli D.B. piyodani urib yuborgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabarida aytiladi.

Jabrlanuvchi – 18 yoshli A.X. ismli qiz haydovchining o‘zi tomonidan tibbiyot muassasasiga olib borilib, u yerda unga zarur yordam ko‘rsatildi. Tan shikastlari og‘irligi va YTH sabablariga aniqlik kiritilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!