Toshkentda avtofalokat: qurbon bor

Toshkentda avtofalokat: qurbon bor

2019 yil 22 mart kuni Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida yashovchi D.T. boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinani Yangibozor-Istiqlol yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi zovurga ag‘darilib ketgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, avtomashina yo‘lovchisi S.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va haydovchi hamda yana 2 nafar yo‘lovchilari, E.G. va A.N.lar jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!