Toshkentda avtobus "bagaj" iga bolali ayolni olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Toshkentda avtobus "bagaj" iga bolali ayolni olib ketayotgan haydovchi qo‘lga olindi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasida yo‘lovchi tashishning yangi usulini aniqladi. Transport vazirligi inspektorlari Toshkentda yo‘lovchilar – bola va onasini bagaj xonasida olib ketayotgan shaharlararo avtobus haydovchisini qo‘lga oldi.

Inspektorlar Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi «Erkin» postida «O‘zavtotrans» kompaniyasiga tegishli hududiy avtobusni to‘xtatib, ko‘zdan kechirdi. Ma’lum bo‘lishicha, yuk bo‘limida ularning buyumlaridan tashqari ikki nafar yo‘lovchi – ona va bola bo‘lgan.

Yo‘lovchilarni chiptasiz tashiganligi uchun haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 145-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilib, jarima solingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!