Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqladi

Toshkentda 17 yoshli yigit otasini pichoqladi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I. pichoqlangan holda topilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, 22 yanvar kuni soat 01.00 da tuman IIO FMB navbatchilik qismiga xabar kelib tushgan. Unda Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida ma’lum qilingan. IIBB xodimlari tegishli manzil bo‘yicha yetib borib, 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I.ni pichoqlangan holda topishgan.

Aniqlanishicha, kelishmovchilik natijasida 17 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi o‘z otasi fuqaro A.I.ni pichoqlab qo‘ygan. Jabrlanuvchi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, ammo tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!