Toshkent va Buxoroda yana 214 kishida koronavirus aniqlandi

Toshkent va Buxoroda yana 214 kishida koronavirus aniqlandi

🔺2020 yil 1 avgust soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 24 783 (+214) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 193 nafari Toshkent shahrida, 21 nafari Buxoro viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️E’tiborli jihati, bugun mamlakatimizning 12 ta hududida jami 835 nafar bemor tuzalib, rekord natija qayd etildi. 

❗️Shunday qilib, yurtimizda 15 299 (+835) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (61 foiz) sog‘aygan.

‼️Hozirda mamlakatimizda 9 337 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!