Toshkent Tojikistondagi chegaraga uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

Toshkent Tojikistondagi chegaraga uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda

O‘zbekiston chegara idorasi qo‘shni Tojikistondagi “Ishqobod” chegara postiga uyushtirilgan qurolli guruhning hujumi bilan bog‘liq vaziyatni o‘rganmoqda. Bu haqda RIA Novostiga mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari vakili ma’lum qildi.

“Hodisa haqida ma’lumotga egamiz, hozirda vaziyatni o‘rganmoqdamiz”, - dedi O‘zbekiston chegara qo‘shinlari vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni tojikistonlik hamkasblari bilan aloqada bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 noyabrga o‘tar kechasi 20 ga yaqin qurolli kishilar tojik-o‘zbek chegarasida joylashgan "Ishqobod" chegara postiga hujum uyushtirishdi. Tojikiston DMXQ xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan maxsus operasiya natijasida ushbu jinoiy guruhning 15 nafari yo‘q qilingan 5 nafari qo‘lgan. Maxsus operasiya davomida Chegara qo‘shinlarining 1 nafar askari hamda bir nafar milisiya xodimi qurbon bo‘lgan.

Hozirda ushbu hodisa tezkor- tergov guruhi tomonidan o‘rganilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!